Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi Nest One binosini qurayotgan «Ozguvn mimarlik inshaat» va «Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar» kompaniyalari jami 739 nafar ishchiga maoshini o‘z vaqtida bermaganini aniqladi. Avvalroq quruvchilar namoyish o‘tkazib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Seshanba kuni 2,3 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi to‘lab berilishiga erishildi va inspeksiya har ikkala kompaniya rahbari Guven Mehmetraga yozma ko‘rsatma kiritdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Nest One binosining o‘nlab quruvchilari yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Murad Buildings kompaniyasi «Gazeta.uz» ga namoyishlarga maoshdagi kechikishlar sabab bo‘lganini tasdiqladi. Kompaniya rahbari Murod Nazarov esa ayni vaqtda «hammayoq tinchligi, ishchilar o‘z o‘rnida ishlayotganini va bunga binoning oxirgi qavatida osh tayyorlagani» sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Poytaxt IIBB tekshiruv o‘tkazmoqda.
Tashkent City`dagi Nest One osmono‘par binosi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi, jabrlanganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting